iControl’ni qadamma-qadam ishga tushiring
Ro‘yxatdan o‘tishdan kundalik ishgacha — har bosqich batafsil. Bizning ishtirokimizsiz, o‘zingiz sozlaysiz.
01. Ro‘yxatdan o‘tish
Avval tashkilot yaratasiz. 14 kunlik bepul sinov (trial) darrov boshlanadi.
- 1Register sahifasini oching. cabinet.i-control.uz/auth/register manziliga o‘ting yoki yuqoridagi «Bepul boshlash» tugmasini bosing.
- 2Ma’lumotlarni to‘ldiring. Tashkilot nomi, ismingiz, login (username), parol (kamida 8 belgi: 1 katta, 1 kichik harf, 1 raqam) va telefon raqam.
- 3Shartlarni qabul qiling. Foydalanish shartlarini belgilab «Ro‘yxatdan o‘tish» tugmasini bosing.
- 4Trial faollashadi. Akkaunt yaratiladi, avtomatik tizimga kirasiz va 14 kunlik bepul sinov boshlanadi.
Login va parolni eslab qoling — keyingi kirishlar shular bilan bo‘ladi.
02. Dashboard bilan tanishish
Kirgach boshqaruv paneli ochiladi. Chap menyu 3 guruhga bo‘lingan.
- 1Operatsiyalar. Kundalik ish: Dashboard, Sessiyalar, POS, Smenalar, Mijozlar, Stansiyalar, Sog‘liq.
- 2Sozlash (Config). Bir marta sozlanadi: Zonalar, Tariflar, Mahsulotlar, O‘yinlar, Agent ulash, Xodimlar, Sozlamalar.
- 3Klub tanlash. Bir nechta klub bo‘lsa, yuqoridagi klub tanlagichdan kerakligini tanlaysiz.
Birinchi marta shu tartibda sozlang: Klub → Zonalar → Tariflar → Agent → Xodimlar.
03. Klub va brendingni sozlash
- 1Sozlamalarni oching. Config → Sozlamalar (Settings) bo‘limiga o‘ting.
- 2Klub ma’lumotlari. «Klub» tabida nom, manzil, vaqt mintaqasi va valyutani kiriting.
- 3Brending. «Brending» tabida logotip yuklang, xush kelibsiz xabari va qoidalarni yozing — bular PC agent ekranida ko‘rinadi.
- 4Saqlang. Har tabda «Saqlash» tugmasini bosing.
Brending — gamerlar PC’da ko‘radigan birinchi narsa. Logotip va rangni klubingizga moslang.
04. Zonalar yaratish
Zona — bir xil turdagi kompyuterlar guruhi (Standart, VIP, PS5). Tariflar zonaga biriktiriladi.
- 1Zonalar bo‘limi. Config → Zonalar bo‘limini oching.
- 2Zona qo‘shish. «Zona qo‘shish» tugmasini bosing va nom bering (masalan «Standart» yoki «VIP»).
- 3Bir nechta zona. Har xil narx yoki jihoz uchun alohida zona yarating (Standart, VIP, PlayStation).
Kamida bitta zona bo‘lishi shart — PC’lar zonaga biriktiriladi.
05. Tariflar (narxlar)
Tarif — vaqt qanday hisoblanishi. 3 xil turi bor.
- 1Tarif qo‘shish. Config → Tariflar bo‘limini oching, «Tarif qo‘shish» bosing.
- 2Daqiqabay. Har daqiqa uchun narx — o‘ynagan vaqti bo‘yicha hisoblanadi (masalan 200 so‘m/daqiqa).
- 3Paket. Belgilangan vaqt uchun bir narx (masalan 3 soat = 15 000 so‘m).
- 4Tungi/oraliq. Ma’lum vaqt oralig‘i uchun narx (masalan 22:00–08:00 tungi paket).
- 5Zonaga biriktiring. Tarifni kerakli zonaga bog‘lang va saqlang.
VIP zonaga qimmatroq, Standartga arzonroq tarif qo‘ying. Bir zonada bir nechta tarif bo‘lishi mumkin.
06. Mahsulotlar (POS)
Do‘kon mahsulotlari — ichimlik, gazak va boshqalar. Operator sessiyaga qo‘shib sotadi.
- 1Mahsulotlar bo‘limi. Config → Mahsulotlar bo‘limini oching.
- 2Mahsulot qo‘shish. Nom, narx va (ixtiyoriy) ombordagi sonini kiriting.
- 3Guruhlang. Ichimlik, taom, aksessuar bo‘yicha kategoriyalarga ajrating.
Ombor sonini kiritsangiz — sotilganda avtomatik kamayadi va tugaganda ogohlantiradi.
07. PC agentni o‘rnatish va ulash
Yangi PC uchun iControl Installer tavsiya etiladi. PC Agent ZIP fayli esa qo‘lda o‘rnatish va texnik xizmat uchun alohida yuklab olinadi. Bitta enroll-token butun klub uchun yetadi.
iControl Installer
Yangi PCni iControl tizimiga ulash uchun tavsiya etilgan avtomatik o‘rnatuvchi.
Windows 10/11 (64-bit) · EXE · eng so‘nggi barqaror versiya
PC Agent
Agentni qo‘lda o‘rnatish, yangilash yoki texnik tekshiruv uchun ZIP to‘plam.
Windows 10/11 (64-bit) · ZIP · joriy faol agent versiyasi
- 1Enroll-token yarating. Config → «Agent ulash» bo‘limiga o‘ting, «Token yaratish» bosing. Token FAQAT BIR MARTA ko‘rsatiladi — nusxa oling.
- 2O‘rnatish usulini tanlang. Oddiy o‘rnatish uchun iControl Installer (EXE)ni tanlang. PC Agent ZIP faylidan faqat qo‘lda o‘rnatish yoki texnik xizmat zarur bo‘lganda foydalaning.
- 3Har PC’ga o‘rnating. Installerni har bir kompyuterda ishga tushiring va o‘rnatishni yakunlang.
- 4Tokenni kiriting. Agent birinchi ishga tushganda enroll-tokenni kiriting (har PC uchun bir xil token).
- 5PC ro‘yxatga tushadi. Kompyuter avtomatik «Tasdiq kutayotgan PClar» ro‘yxatiga qo‘shiladi.
- 6Tasdiqlang. «Agent ulash» sahifasida PC’ni «Tasdiqlash» bosib, zona va raqam bering (masalan Standart, PC-01).
- 7Agent ulanadi. Tasdiqlangach agent avtomatik ulanadi va ishga tayyor bo‘ladi.
Token sizib ketsa ham xavfsiz — tasdiqlanmagan PC ishlamaydi. Har amal jurnalga yoziladi.
08. Xodimlar qo‘shish
Operator va menejerlarga alohida akkaunt bering. Har rolning huquqi har xil.
- 1Xodim qo‘shish. Config → Xodimlar bo‘limini oching, «Xodim qo‘shish» bosing.
- 2Rol tanlang. OPERATOR — kunlik ish (sessiya, POS, smena). MANAGER — qo‘shimcha sozlash. OWNER — to‘liq nazorat.
- 3Login bering. Xodimga login va parol bering — u shu bilan kiradi.
Operatorga faqat OPERATOR roli bering — muhim sozlamalar va mijoz parolini o‘zgartirish faqat OWNER’da.
09. Sessiya boshlash va yakunlash
Kundalik asosiy ish — kompyuterda o‘yin sessiyasini boshqarish.
- 1Sessiya boshlash. Operatsiyalar → Sessiyalar (yoki Stansiyalar xaritasi)’da bo‘sh PC’ni tanlab «Boshlash» bosing.
- 2Mijoz va tarif. Mijozni (yoki walk-in) va tarifni tanlang — hisob avtomatik ketadi.
- 3POS sotuv. Sessiya davomida ichimlik/taom qo‘shing — hisobga qo‘shiladi.
- 4Yakunlash. «Yakunlash» bosing — umumiy summa ko‘rsatiladi, to‘lovni qabul qiling.
PC’lar xaritasida real vaqtda holat ko‘rinadi: bo‘sh, band, tanaffus.
10. Bron qilish (iBron)
Mijozlar iBron orqali (Telegram/veb) oldindan PC va vaqtni bron qiladi. Bron avtomatik dashboardda ko‘rinadi va PC band qilinadi.
- 1iBron’ni ulang. Config → Sozlamalar → Integratsiya bo‘limida iBron API kalitini generatsiya qiling (bir marta). Shundan keyin onlayn bronlar keladi.
- 2Bron keladi. Mijoz iBronda PC va vaqtni tanlaydi → bron avtomatik «Bronlar» sahifasida (kalendar) paydo bo‘ladi va tanlangan PC band (RESERVED) bo‘ladi.
- 3Kutish ekrani. Bron vaqtidan oldin (odatda 15 daqiqa) o‘sha PC’da QR va kutish ekrani chiqadi.
- 4Check-in. Mijoz kelib QR’ni skanlaydi (yoki operator dashboarddan check-in qiladi) → sessiya boshlanadi, hisob ketadi.
- 5Kelmasa — bo‘shaydi. Mijoz belgilangan vaqtda kelmasa, bron muddati tugaydi va PC avtomatik bo‘sh (IDLE) bo‘ladi.
- 6Qo‘lda bron. Operatsiyalar → Bronlar’da operator o‘zi ham bron yaratishi yoki bekor qilishi mumkin.
Bron bekor qilinsa yoki tugasa, PC avtomatik bo‘shaydi — qo‘lda aralashuv shart emas.
11. Mijozlar va hamyon
- 1Mijoz qo‘shish. Operatsiyalar → Mijozlar → «Mijoz qo‘shish» (ism, telefon).
- 2Hamyon to‘ldirish. Mijoz kartochkasida «Hamyon» tabida balans to‘ldiring — u prepaid o‘ynaydi.
- 3Sadoqat (loyalty). Ballar va keshbek avtomatik ishlaydi (Sozlamalarda yoqilsa).
Hamyoni bor mijoz oldindan to‘lab o‘ynaydi — operator naqd bilan ishlashi shart emas.
12. Parolni tiklash (xavfsizlik)
Mijoz o‘yin akkaunti parolini unutsa, bir necha xavfsiz yo‘l bilan tiklanadi. Muhim: operator hech qachon parolni ko‘ra yoki o‘zgartira olmaydi — akkaunt o‘g‘irligining oldini olish uchun.
- 1Mijoz o‘zi (OTP). Mijoz «parolni unutdim» bosadi → telefoniga Telegram orqali kod keladi → kod va yangi parolni kiritadi. Operator aralashmaydi.
- 2Operator yordami. Operator mijoz kartochkasida «Tiklash kodini yuborish» bosadi → kod MIJOZNING telefoniga boradi; operator parolni ko‘rmaydi va o‘rnatmaydi.
- 3OWNER to‘g‘ridan-to‘g‘ri. Klub egasi (faqat OWNER) OTP’siz yangi parol o‘rnata oladi — ishonchli shaxs. Operator va manager buni qila olmaydi.
- 4Telefon yo‘qolsa. Mijoz eski telefonini yo‘qotsa, OWNER yangi telefonni unga kelgan kod bilan tasdiqlab ulaydi → so‘ng mijoz o‘z yangi telefoniga parolni tiklaydi.
Prinsip: operator va manager parolni ko‘ra yoki o‘rnata olmaydi. Faqat mijozning o‘z telefoni yoki OWNER orqali — bu xodim tomonidan akkaunt egallab olinishining oldini oladi.
13. Smena (kassa)
Operator ish boshida smena ochadi, oxirida yopadi — kassa hisobi shu bilan yuritiladi.
- 1Smena ochish. Operatsiyalar → Smenalar → «Smena ochish» (boshlang‘ich kassa summasi).
- 2Ish davomida. Barcha to‘lov va sotuvlar shu smenaga yoziladi.
- 3Smena yopish. Ish oxirida «Smena yopish» — tizim kutilgan va haqiqiy kassani solishtiradi.
Har operator o‘z smenasini ochsin — hisobot aniq bo‘ladi.
14. Hisobotlar
- 1Analitika. Operatsiyalar → Analitika’da daromad, sessiyalar va mijozlar statistikasi.
- 2Sog‘liq (Health). Stansiyalar holati: online/offline, harorat, ogohlantirishlar.
Kunlik va oylik daromadni shu yerdan kuzating.
Tayyormisiz?
Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting — 14 kun bepul. Savol bo‘lsa biz bilan bog‘laning.